Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-29
Ushbu Maxfiylik siyosati eAvtobozor platformasidan (web.eavto-bozor.uz va web.eavtobozor.uz saytlari, Telegram bot va mobil ilovalar) foydalanishda foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, saqlash, ishlov berish va himoya qilish tartibini belgilaydi.
1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
Xizmatlarimizdan to'liq foydalanishingizni ta'minlash maqsadida quyidagi ma'lumotlarni yig'amiz:
- Shaxsiy ma'lumotlar — ismingiz, telefon raqamingiz, avatar (ixtiyoriy).
- Avtomobil ma'lumotlari — marka, model, ishlab chiqarilgan yili, davlat raqami va rangi. Kuzov raqami (VIN) va texnik pasport raqami YIG'ILMAYDI.
- E'lon ma'lumotlari — e'longa joylagan rasmlar, narx, tavsif va hudud. Rasmlardan joylashuv va qurilma ma'lumotlari (EXIF) saqlashdan oldin olib tashlanadi.
- Texnik ma'lumotlar — IP manzil, qurilma turi, brauzer ma'lumotlari va Telegram ID (bot orqali kirsangiz).
- To'lov ma'lumotlari — platforma orqali to'lov qilganingizda tranzaksiya tarixi saqlanadi. Plastik karta ma'lumotlari bizda saqlanmaydi — ular to'lov tizimlarining o'z sahifasida kiritiladi.
2. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish va identifikatsiya qilish (telefon raqami + bir martalik kod).
- Avtomobil bozoriga kirish-chiqish tizimini (shlagbaum va kameralar) avtomatlashtirish.
- Joy band qilish, xizmat buyurtmalari va e'lonlar bo'yicha hisob-kitob va aloqa.
- Yangi xabar haqida bildirishnoma yuborish — faqat siz ruxsat bergan qurilmaga.
- Xizmat sifatini oshirish va texnik qo'llab-quvvatlash.
3. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish
Shaxsiy ma'lumotlar sotilmaydi va ruxsatsiz berilmaydi. Uzatish faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lganda (to'lov tizimlari — Payme, Click, Uzum, Paynet; fiskal chek uchun Soliq qo'mitasi operatori) va qonunchilikda belgilangan holatlarda (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy so'rovi) amalga oshiriladi.
E'lon sahifasida sizning telefon raqamingiz boshqa foydalanuvchilarga faqat «Raqamni ko'rsatish» tugmasi bosilganda ochiladi; ochishlar soni cheklangan.
4. Ma'lumotlarni himoya qilish
Ma'lumotlaringizni yo'qolishi, ruxsatsiz kirilishi yoki o'zgartirilishidan himoya qilish uchun zamonaviy xavfsizlik choralari qo'llanadi: barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi, kirish bir martalik kod bilan tasdiqlanadi, ma'lumotlar bazasiga kirish cheklangan.
5. Huquqlaringiz va hisobni o'chirish
Siz istalgan vaqtda saytdagi Kabinet yoki ilova orqali ismingiz va avataringizni o'zgartirishingiz mumkin. Shuningdek, tizimdagi ma'lumotlaringizni butunlay o'chirishni talab qilish huquqiga egasiz.
Hisobni o'chirish uchun ilovada «Profil → Hisobni o'chirish» tugmasidan foydalaning yoki texnik yordamga murojaat qiling. Avtomobilingiz bozor ichida turgan yoki to'lanmagan qarz bo'lgan holatda o'chirish kechiktiriladi.
6. Siyosatga o'zgartirishlar
Biz ushbu Maxfiylik siyosatiga vaqti-vaqti bilan o'zgartirish kiritish huquqini saqlab qolamiz. Yangilanishlar shu sahifada e'lon qilinadi va e'lon qilingan vaqtdan kuchga kiradi.
7. Bog'lanish
- Ijrochi — "EAVTOBOZOR" MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
- STIR (INN) — 313154434
- Manzil — Qo‘qon shahar, Muqimiy, Muqimiy MFY, Muqimiy qishlog'i, 57-uy
- Telefon: +998972712025
- Telegram: @eavtobozoradmin
- Telegram bot: @EAvtoBozor_Bot
- Saytlar: https://web.eavto-bozor.uz, https://web.eavtobozor.uz